Terimdan eksportga

Date:

Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida joylashgan “Ko‘kildor ota” qulupnay bog‘ida ayni damda qizg‘in ish jarayoni davom etmoqda. Bu kabi loyihalar qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bilan birga, aholi bandligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.

5 gektarlik ushbu bog‘da tong sahardan boshlab 40–45 nafar mehnatkash xotin-qizlar pishgan qulupnaylarni terib, ularni eksport uchun saralab qadoqlamoqda. Qulupnay nafaqat vitaminlarga boy, organizm uchun foydali meva, balki eksportbop mahsulot sifatida yuqori daromad manbai ham hisoblanadi. Bu esa hudud iqtisodiyoti va oilaviy daromadlarni oshirishga xizmat qilmoqda.

Bunday tashabbuslar nafaqat qishloq xo‘jaligini rivojlantiradi, balki xotin-qizlar bandligini oshirib, ularning iqtisodiy faolligini kuchaytiradi. Natijada esa mahalliy ishlab chiqarish va eksport salohiyati yanada yuksaladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun