“Book cafe” — bilim va ilhom maskani

Date:

Bugungi kunda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kitobga oshno etish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda yaratilayotgan zamonaviy maskanlar ularning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirishda katta ahamiyat kasb etmoqda.

Jarqo‘rg‘on tumanidagi 25-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ana shunday innovatsion “Book cafe”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu maskan o‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaaga qiziqishni oshirish hamda ularning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish maqsadida tashkil etilgan. Endilikda o‘quvchilar qulay va iliq muhitda qahva hamda shirinliklar bilan birga kitob mutolaa qilib, bilim va ma’naviy ozuqa olish imkoniga ega bo‘lishdi. “Book cafe” nafaqat o‘qish joyi, balki fikrlar uyg‘onadigan, ilhom beradigan va bilim bilan hordiq uyg‘unlashgan zamonaviy makon sifatida e’tiborga loyiq.

Bunday tashabbuslar yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularni kitobxonlikka keng jalb etish hamda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Natijada esa jamiyatda bilimli va faol avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun