Advokat xizmati tekinmi?

Date:

O‘zbekistonda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlash maqsadida muhim yangilik joriy etildi. Bu tashabbus fuqarolarning huquqiy himoyasini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Endilikda kam ta’minlangan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudida ish yuritish jarayonida davlat hisobidan bepul advokat olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu orqali ular o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilishda ortiqcha moliyaviy to‘siqlarga duch kelmaydi. Ariza va so‘rovlarni yuborish esa maxsus Yuridik yordam axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Mazkur yangilik kam ta’minlangan fuqarolarning odil sudlovdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi. Bu esa jamiyatda huquqiy tenglik va ijtimoiy adolatni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun