Bepul yuridik yordam tizimi kengaytirildi

Date:

Adliya vazirligining ma’lum qilishicha, Qonun hujjatlariga kiritilgan yangi o‘zgartirishlarga ko‘ra, kam ta’minlangan shaxslarning davlat hisobidan yuridik yordam olish imkoniyatlari kengaytirildi.
Yangi tartibga ko‘ra, kam ta’minlangan fuqarolar o‘ziga nisbatan qo‘llanilgan qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligi yuzasidan Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilganda davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega bo‘ladi.

Bunda yuridik yordam ko‘rsatish haqidagi so‘rov “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali rasmiylashtirilib, Konstitutsiyaviy sud tomonidan tegishli tartibda yuboriladi. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

Mazkur o‘zgarishlar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning huquqlarini samarali himoya qilish, adolatga erishish imkoniyatlarini kengaytirish hamda sud jarayonlarida tenglikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun