AQSHda loyihasi e’tirof etildi

Date:

“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiati Diyora Daminova Kolorado universiteti Boulderda olib borgan ilmiy tadqiqoti bilan xalqaro maydonda e’tirof etildi. U “Engineering Excellence Fund Expo” ko‘rgazmasida Oy sharoitiga moslashtirilgan avtomatlashtirilgan issiqxona loyihasini taqdim etdi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘simliklarni Oy regolit qatlami ostida inson aralashuvisiz parvarishlash mumkinligi isbotlandi. Loyiha 2 ming dollar grant bilan qo‘llab-quvvatlandi.

Shuningdek, u Amerika aeronavtika va astronavtika instituti anjumanida ekstremal kosmik sharoitlarda oziq-ovqat yetishtirish bo‘yicha ma’ruza qildi. Ishlab chiqilgan prototip −80°C haroratda ham avtonom ishlay olishini namoyish etdi.

Mazkur ilmiy ish nashrga tavsiya etilgan. Bundan tashqari, Diyora Daminova “Buffs One Read” tanlovida “Ovozlar” essesi bilan g‘olib chiqib, 500 dollar mukofotni qo‘lga kiritdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun