Jamoat xavfsizligi kuchaytirildi

Date:

Jamiyatda xavfsizlikni ta’minlash va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida ayrim qonun hujjatlariga muhim qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Mazkur yangiliklar fuqarolarning osoyishtaligini yanada mustahkamlashga qaratilgan.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq, sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni jamoat joylarida ochiq holda olib yurish taqiqlanadi. Bu cheklov kasbiy, sport yoki xo‘jalik-maishiy maqsadlarda foydalaniladigan holatlarga ham tegishli bo‘lib, tartib buzilganda javobgarlik belgilanadi. Agar fuqaro shunday huquqbuzarlikni ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin 1 yil ichida takror sodir etsa, unga bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravaridan 5 baravarigacha jarima qo‘llaniladi.

Shuningdek, “Qurol to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, bolalarga nisbatan zo‘ravonlik qilgan shaxslarga himoya orderi amal qilayotgan davrda qurollar vaqtincha olib qo‘yiladi. Bu jarayon ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Ushbu o‘zgarishlar jamiyatda xavfsizlikni kuchaytirish, zo‘ravonlik holatlarining oldini olish va fuqarolarning huquqiy himoyasini ta’minlashga xizmat qiladi. Bunday choralar tinch va barqaror muhitni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun