Final sari muhim qadam

Date:

Yoshlar sporti — sog‘lom avlodni tarbiyalash, ularning jismoniy chiniqishi va jamoaviy ruhini mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi. Shu maqsadda Jarqo‘rg‘on tuman sport maktabi futbol maydonida 2012-yilda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida “Sport maktablar futbol ligasi”ning viloyat hududiy bosqichi o‘tkazildi.

Musobaqada Jarqo‘rg‘on, Sho‘rchi, Oltinsoy va Qumqo‘rg‘on tumanlaridan kelgan yosh futbolchilar o‘z mahoratini namoyish etdilar. O‘yinlar qizg‘in va murosasiz kechib, har bir jamoa g‘alaba uchun astoydil kurashdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Oltinsoy tumani jamoasi barcha raqiblarini ortda qoldirib, ishonchli g‘alabaga erishdi va Termiz shahrida o‘tkaziladigan viloyat final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Bunday musobaqalar yoshlar o‘rtasida sportga qiziqishni oshirish, ularning irodasini mustahkamlash hamda kelajakda professional sportchilarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun