100 ta ish o‘rni yaratiladi

Date:

Hududlarda investitsiya loyihalarini jalb etish va iqtisodiy salohiyatni oshirish bugungi kunda muhim ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda Sariosiyo tumanida xorijiy investorlar bilan hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov Xitoyning “Hunan Huanya Environmental Protection Technology Co., Ltd.” kompaniyasi vakillarini qabul qildi. Muloqot davomida Kundai Juvoz hududida ko‘mir qazib olishga mo‘ljallangan, umumiy qiymati 20 million AQSh dollarini tashkil etuvchi loyiha muhokama qilindi. Mazkur loyiha to‘liq xorijiy investitsiya hisobiga amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Loyiha doirasida 100 ta yangi ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilmoqda. Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga xizmat qiluvchi ushbu tashabbusni samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida hokim tomonidan mas’ul tashkilotlarga texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish va tegishli idoralar bilan kelishuv ishlarini boshlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar mazkur loyiha hudud taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etishini va hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar. Bunday yirik investitsiya loyihalari hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi farovonligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun