Talabalar amaliyotda pishmoqda

Date:

Tibbiyot sohasida sifatli ta’lim berish kelajakda malakali mutaxassislar yetishib chiqishining asosiy omillaridan biridir. Shu maqsadda Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali xalqaro ta’lim fakultetida “Nevrologiya, bolalar nevrologiyasi” fanidan amaliy mashg‘ulotlar tizimli ravishda tashkil etilmoqda.

Mashg‘ulotlar assistent, PhD M.Xo‘shmurodova rahbarligida olib borilib, talabalarga nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlash imkonini bermoqda. Dars jarayonlarida zamonaviy pedagogik yondashuvlar, interaktiv usullar hamda klinik holatlarni tahlil qilish orqali talabalarning mustaqil fikrlashi va kasbiy malakasi rivojlantirilmoqda.

Ayniqsa, bolalar nevrologiyasiga oid murakkab klinik holatlarni o‘rganish jarayonida talabalar real amaliyotga yaqin sharoitda bilim olishmoqda. Bu esa ularning kelgusida shifokor sifatida to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmasini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.

Bunday amaliy mashg‘ulotlar nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlab, raqobatbardosh va yuqori malakali tibbiyot mutaxassislarini tayyorlashga xizmat qiladi hamda sog‘liqni saqlash tizimining kelajakdagi sifatini belgilab beradi.

Oldingi sahifaUmid
Keyingi sahifaFinal sari muhim qadam

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun