An’ana va zamonaviy uyg‘unlikda

Date:

Yoshlar ishlari agentligining Surxondaryo viloyati boshqarmasi majlislar zalida Respublika baxshichilik san’ati markazi hamda Baxshichilik san’atiga ixtisoslashtirilgan respublika maktab-internati hamkorligida yirik xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nufuzli anjuman atoqli baxshilar — Shernazar Beknazar o‘g‘li (Sherna baxshi) tavalludining 160 yilligi hamda Boboraim baxshi Mamatmurodov tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlandi.

Unda “O‘zbek baxshichilik san’atiga zamonaviy san’at turlarining ta’siri yoxud doston ijrosi usuliga yangicha talqin kirib kelishi” mavzusi atroflicha muhokama qilindi.

Konferensiya baxshichilik san’atini asrab-avaylash bilan birga, uni zamon talablari asosida rivojlantirish, yosh avlod ongiga milliy merosni chuqur singdirish va global madaniy jarayonlarda munosib o‘rin egallash masalalari dolzarbligini yana bir bor namoyon etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun