Hayvonlar himoyada

Date:

Oʻzbekistonda hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatlarga qarshi kurash yangi bosqichga chiqmoqda. Joriy yil 25-mart kuni qabul qilingan qonunga ko‘ra, endilikda bunday holatlar uchun jarimalar sezilarli darajada oshirilib, 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi ham qo‘llanilishi mumkin.

Shu bilan birga, “Hayvonlarni shafqatsiz munosabatdan himoya qilish to‘g‘risida”gi yangi qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda. Unda nafaqat jazoni kuchaytirish, balki muammoning ildiziga ta’sir qilish ko‘zda tutilgan. Jumladan, hayvonlarga nisbatan zo‘ravonlik aniq belgilab qo‘yiladi, aybdorlar uchun jinoiy javobgarlik keskin oshiriladi, shuningdek, yetkazilgan zarar uchun barcha veterinariya xarajatlarini to‘liq qoplash majburiy etib belgilanadi.

Loyihada hayvon egalari mas’uliyatini oshirish, ularni tashlab ketish holatlariga barham berish, jamiyatda hayvonlarga mehr-muhabbat madaniyatini shakllantirish ham muhim yo‘nalish sifatida ilgari surilgan.

Mutaxassislar fikricha, ushbu tashabbuslar jamiyatda insonparvarlikni mustahkamlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va hayvonlarga nisbatan ongli munosabatni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Bremen musiqachilari” Turkiya sahnasida namoyish etildi

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi Turkiyaning Chine shahrida...

“Zakovat”: otalar va farzandlar bilim maydonida

Termiz shahridagi 12-sonli umumta’lim maktabida “Otalar yig‘ilishi” doirasida otalar...

Rahbarlar shaxsiy namuna ko‘rsatmoqda

Sariosiyo tumanida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, aholining jismoniy faolligini...

Tibbiyotda ustoz-shogird an’analari: 51 yillik bitiruvchilar uchrashuvi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida Samarqand davlat tibbiyot...
KunTun
KunTun