Kinelogiya xizmati sinovda

Date:

Surxondaryo viloyatida jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘lida xizmat qilayotgan kinologiya bo‘linmasi xodimlari uchun muhim malaka sinovlari tashkil etildi. Mazkur jarayon hukumat qarori ijrosini ta’minlash hamda sohada professional tayyorgarlikni yanada oshirishga qaratilgani bilan dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Sinovlarda kinolog xodimlar o‘zlariga biriktirilgan xizmat itlari bilan birgalikda ishtirok etib, maxsus malaka toifasini qo‘lga kiritish uchun bilim va ko‘nikmalarini namoyon etdi. Jarayonda ularning nazariy tayyorgarligi bilan bir qatorda amaliy mahorati, xususan xizmat itlarining buyruqlarga bo‘ysunishi, turli vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishi va huquq-tartibotni ta’minlashdagi samaradorligi sinovdan o‘tkazildi.

Mazkur imtihonlar nafaqat xodimlarning kasbiy saviyasini oshirish, balki jamoat xavfsizligini mustahkamlash, zamonaviy tahdidlarga qarshi samarali kurashishda kinologiya xizmatining o‘rnini yanada kuchaytirishda muhim bosqich bo‘lib xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun