Faol hayotga qaytarilmoqda

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi 43-sonli Farmoni ijrosi doirasida ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan ayrim shaxslarni avf etish hamda ularni sog‘lom va ijtimoiy hayotga qayta moslashtirish bo‘yicha tizimli choralar amalga oshirilmoqda. Mazkur Farmonga asosan, Termiz shahridan 3 nafar fuqaro jazo muddatlari tugashidan oldin avf etildi.

Ularni jamiyatga qayta moslashtirish, bandligini ta’minlash, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Bandlikka ko‘maklashish bo‘limi, tibbiyot birlashmasi, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar hamkorligida tegishli ijtimoiy-ma’naviy tadbirlar tashkil etildi.

Jarayon davomida avf etilgan fuqarolarning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarini bartaraf etish, ularni zarur tibbiy muolajalarga jalb qilish, shuningdek, mehnat bozoriga integratsiya etish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatildi. Ushbu chora-tadbirlar avf etilgan fuqarolarning jamiyatda munosib o‘rin egallashi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishi hamda ijtimoiy hayotga faol qaytishini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’lim sifati yangi bosqichda

Termiz davlat universitetida ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik izchil...

Faol hayotga qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi 43-sonli Farmoni ijrosi doirasida...

Ta’lim sifatini oshirish — ustuvor vazifa

Sariosiyo tumanidagi “Tortuli” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida deputatlar...

“Men — donorman”

Surxondaryo viloyatidagi Qon quyish markazida “Men — donorman” shiori...
KunTun
KunTun