Ta’lim sifati yangi bosqichda

Date:

Termiz davlat universitetida ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik izchil rivojlanmoqda. Xususan, O‘zbek filologiyasi fakultetida Hoji Bayram Vali universiteti professorlari Zaynabidin Abdirashidov va Vali Savash Yelok magistrantlarga “Jadid adabiyoti tarixi” fanidan zamonaviy metodlar asosida dars bermoqda.

Mashg‘ulotlar davomida talabalar nafaqat nazariy bilim, balki ilmiy faoliyat va xalqaro imkoniyatlar — grantlar, ilmiy maqolalar chop etish, konferensiyalarda qatnashish hamda xorijiy almashinuv dasturlari haqida ham muhim ma’lumotlarga ega bo‘lmoqda.

Mazkur hamkorlik talabalar bilim salohiyatini oshirish, ularni xalqaro ilmiy maydonga olib chiqish va zamonaviy ta’lim sifatini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Majburiy ijro byurosi: 9 oyda 5,4 trillion so‘m mablag‘ undirildi

Bugun Termiz shahridagi Matbuot uyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi...

Murojaatlardan aniq vazifalargacha

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanidagi At-Termiziy mahallasida...

Elektr ta’minotini kuchaytirish uchun 15 milliard so‘m yo‘naltirildi

Muzrabot tumanida aholi xonadonlari va tadbirkorlik subyektlarini barqaror elektr...

Xotin-qizlar bandligi: tashabbus va amaliy natija

Qumqo‘rg‘on tumanida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va oilaviy...
KunTun
KunTun