Ilk pasportlar tantanali topshirildi

Date:

Termiz tumanida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan yosh qizlarga ilk pasportlarni topshirishga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi. Unda bir guruh qizlarga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportlari tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirda tuman ichki ishlar bo‘limi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi mutasaddilari yoshlarni bayram bilan tabriklab, mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning ta’lim olishi hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun keng imkoniyatlar yaratilayotganini ta’kidladi.

Ilk pasportini qo‘lga kiritgan yoshlar uchun bu quvonchli lahzalar unutilmas voqeaga aylandi. Bunday tadbirlar yosh avlodda fuqarolik mas’uliyati va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sport ustasidan master-klass

Yosh sportchilarni professional tayyorlash va ularning xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini...

Jarqo‘rg‘onda sog‘lom turmush targ‘iboti

Aholi salomatligini mustahkamlash va sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish bugungi...

Turizm salohiyatimi xalqaro maydonda…

Turizmni rivojlantirish, hududning tarixiy-madaniy merosini dunyoga tanitish va yangi...

Qamrov yanada oshadi

Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish va bolalar uchun zamonaviy sharoitlar...
KunTun
KunTun