Agrotexnik tadbirlar o‘rganildi

Date:

Hududlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini samarali parvarishlash va hosildorlikni oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda Oltinsoy tumani hokimi Otabek Mavlyanov “Oqarbuloq” mahallasida “Bir kontur, bir mahsulot” tamoyili asosida ekilgan piyoz hamda boshqa sabzavot ekinlari parvarishi bilan tanishdi.

O‘rganish jarayonida sug‘orish, o‘g‘itlash, begona o‘tlarni tozalash kabi agrotexnik tadbirlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ekinlarning sifatli yetilishi va hosildorligini oshirish yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berildi.

Tuman hokimi yer unumdorligini saqlash va qishloq xo‘jaligi ekinlarini samarali parvarishlash bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun