Hech kim e’tibordan chetda qolmaydi

Date:

Sariosiyo tumanidagi “Farhod”  Muruvvat  nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Yurtimiz ravnaqini yuksaltirishda tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgan, davlat va jamoat ishlarida faol bo‘lgan muruvvat uyida faoliyat yurituvchi xotin-qizlar hamda ushbu muassasada davolanayotgan xotin-qizlar uchun bayram tadbiri o‘tkazildi.

Bayram tadbirini tuman hokimi Odiljon Yaqubov ochib berib, hayotning fayzi va ko‘rki bo‘lgan ayollarni ushbu bayram bilan samimiy tabriklab, o‘z dilidagi tilaklarini bildirib o‘tgandan so‘ng, tadbirning badiiy qismi boshlandi.

Muruvvat uyida, Madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan bayram dasturi barchaga ko‘tarinki ruh ulashgan bo‘lsa, tadbirga har xil sahna ko‘rinishlari va qizlar tomonidan tayyorlangan chiqishlar barchani hirom aylashga chorladi.

Tadbir munis va mo‘tabar ayollarimizni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlarga boy bo‘lib, barcha dasturxon atrofida jam bo‘lgan latofat va nafosat sohibalarini ulug‘lagan holda ko‘tarinki ruhda o‘tdi hamda tadbir so‘ngida esdalik sovg‘alari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun