Tajribasi ommalashtirilmoqda

Date:

Termiz tumanida qishloq xo‘jaligida yuqori natijalarga erishayotgan fermerlar tajribasini ommalashtirish maqsadida amaliy seminar tashkil etildi. Tadbir “Durdona Namuna fermer xo‘jaligi” dalasida bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida xo‘jalikda qo‘llanilayotgan ilg‘or agrotexnologiyalar, yerga ilmiy yondashuv asosida ishlov berish hamda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish natijasida paxtadan 45 sentner, g‘alladan esa 70 sentnerdan ortiq hosil olinayotgani ta’kidlandi. Shuningdek, hududda tashkil etilgan o‘quv-tajriba maydonida zamonaviy va resurs tejamkor usullar amaliyotga joriy etilgani qayd etildi.

Tadbir davomida fermerlar yer unumdorligini oshirish, suvdan oqilona foydalanish va yuqori hosildor navlarni yetishtirish bo‘yicha tajriba almashdilar. Bunday amaliy seminarlar qishloq xo‘jaligida samaradorlikni oshirish hamda ilg‘or tajribalarni keng joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun