Mahorati namoyon…

Date:

Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Bahor malikasi” nomli sport musobaqasi tashkil etildi. Tadbir tizimda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning faolligini qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda jamoada do‘stona muhitni mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.

Musobaqa doirasida boshqarma tasarrufidagi shahar va tuman bo‘limlarida xizmat qilayotgan xodimalar o‘rtasida shaxmat va shashka sport turlari bo‘yicha boshqarma boshlig‘i kubogi uchun bahslar tashkil etildi. Intellektual sport turlari ishtirokchilardan mantiqiy fikrlash, strategik yondashuv, sabr-toqat va tezkor qaror qabul qilish qobiliyatini talab qildi.

Musobaqalar davomida xodimalar o‘zlarining zukkoligi va sport mahoratini namoyon etib, g‘oliblik uchun munosib kurash olib bordilar. Bahslar do‘stona muhitda, yuqori raqobat ruhida o‘tib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Tadbir davomida tizimda xizmat qilayotgan xotin-qizlarning o‘rni alohida e’tirof etilib, ularning fidoyiligi va mas’uliyati jamoa faoliyatida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

“Bahor malikasi” musobaqasi xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportni ommalashtirish hamda jamoada birdamlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Zulfiya Soxibova,

Surxondaryo viloyati FVB

Axborot xizmati yetakchi mutaxassisi 

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun