Kameralar xavfsizlikni kuchaytiradi

Date:

O‘zbekiston yo‘llarida o‘rnatilgan zamonaviy foto va video kuzatuv kameralari haydovchilarning yuzini identifikatsiya qilish texnologiyasi bilan jihozlanmoqda. Ushbu tizim orqali transport vositasini boshqarayotgan shaxs aniqlanib, haydovchilik huquqidan mahrum etilgan fuqarolar tomonidan avtomobil boshqarilgan holatlar avtomatik tarzda qayd etiladi.

Mazkur texnologiya yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda yo‘llarda xavfsizlikni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, haydovchilik huquqidan mahrum etilgan holda transport vositasini boshqargan shaxs birinchi marta bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida jarimaga tortiladi. Agar ushbu holat takrorlansa, huquqbuzarga nisbatan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanishi mumkin.

Mutaxassislar haydovchilarni yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirib, bunday qoidabuzarliklar nafaqat qonunbuzilish, balki yo‘l harakati xavfsizligiga ham jiddiy xavf tug‘dirishini ta’kidlashmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun