Investitsiya 3 milliard, eksport 1 milliard dollarga yetkaziladi

Date:

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan Surxondaryoni kompleks rivojlantirish yig‘ilishida viloyat rahbarlari oldiga joriy yil uchun aniq iqtisodiy ko‘rsatkichlar qo‘yildi. Muhokamalar ayni paytda davom etmoqda.

Ta’kidlanishicha, viloyatda 2026-yilda investitsiyalar hajmini 3 milliard dollarga, eksportni esa 1 milliard dollarga yetkazish zarur. Shuningdek, kambag‘allikni 2,8 foizga, ishsizlikni 4,5 foizga tushirish, Termiz shahri, Angor, Denov, Jarqo‘rg‘on, Qiziriq va Muzrabot tumanlarini “kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hudud”ga aylantirish muhim vazifa sifatida belgilandi.

So‘nggi to‘qqiz yilda sanoat ulushi 5 barobar oshib, 10 foizga yetgani qayd etildi, biroq bu hali yetarli emasligi ta’kidlandi. Viloyatda 100 million tonna ko‘mir zaxirasi mavjud bo‘lsa-da, hozircha uning atigi 1 foizi qazib olinmoqda. Joriy yilda Boysundagi “Sanjar”, Oltinsoydagi “Oqsuv”, kelgusi yilda esa “Fangart” konlarida ko‘mir qazib olishni yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Janubiy Afrikaning “Sosol” kompaniyasi ko‘mirdan yuqori qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar – polipropilen, polietilen va kauchuk ishlab chiqarishga qiziqish bildirgan. Sariosiyodagi “Qorakon”, “Jemsonit”, “Chuqur”, “Bayram-1” konlariga xitoylik investorlar 1 milliard dollar kiritishga tayyor ekani ma’lum qilindi.

Mazkur xomashyo bazasi asosida elektrotexnika, qurilish materiallari, kimyo, metallurgiya va avtomobilsozlik tarmoqlarini rivojlantirish imkoniyati borligi qayd etilib, konlar atrofida kamida 200 million dollarlik sanoat loyihalarini shakllantirish bo‘yicha topshiriq berildi.

Shuningdek, Boysundagi “Bezaktop” konida Eron, Turkiya va Italiya mahsulotlari bilan raqobatlasha oladigan tabiiy tosh zaxiralari yetarlicha o‘rganilmagani ta’kidlanib, istiqbolli konlarda geologiya-qidiruv ishlarini jadallashtirish vazifasi qo‘yildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Shved instituti bilan yangi loyihalar amalga oshiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi hamda Shvetsiyaning...

“Ezgulik — yurakdan yurakka”

Jamiyatda mehr-oqibat, insonparvarlik va o‘zaro ko‘mak muhitini mustahkamlash maqsadida...

“Kitob karvoni” yo‘lga chiqdi

O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan kitobxonlar uchun yana...

Surxondaryoliklar mukofotlandi

Prezidentimizning tegishli Farmonlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi...
KunTun
KunTun