Surxondaryoni kompleks rivojlantirish masalalari muhokamada

Date:

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Surxondaryo viloyatini kompleks rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilish davom etmoqda.

Davlat rahbari o‘z nutqida Surxondaryoni Yangi O‘zbekistonning janubiy tayanch ustuni sifatida ta’riflab, hududni izchil rivojlantirish strategik ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda viloyatda 5 milliard dollarlik 8 mingdan ortiq loyiha ishga tushirilgan. Xitoy, AQSH, Rossiya, Hindiston, Avstriya va Vengriya bilan investitsiya hamda savdo yo‘nalishida yana 10 milliard dollarlik kelishuvlarga erishilgan.

Ijtimoiy sohada ham sezilarli o‘zgarishlar amalga oshirildi: maktabgacha ta’lim qamrovi 28 foizdan 68 foizga yetdi, 23 ta yangi maktab qurildi, 448 tasi ta’mirlandi va 102 ming qo‘shimcha o‘quvchi o‘rni yaratildi. 688 ta ko‘p qavatli uy barpo etilib, 32 ming oila yangi xonadonga ko‘chib o‘tdi. Angor, Boysun, Jarqo‘rg‘on, Sariosiyo va Termiz tumanlarida “Yangi O‘zbekiston” massivlari tashkil etildi.

Shuningdek, “To‘palang ombori suvidan foydalanish” loyihasi doirasida Termiz shahri hamda 10 ta tumandagi 563 ming aholining ichimlik suv ta’minoti yaxshilangani qayd etildi.

Yig‘ilishda hududni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilinmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun