Prezident harbiy qismda

Date:

Prezident, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifining birinchi kunida harbiy qismda bo‘lib, u yerda yaratilgan sharoitlar va qo‘shinlarning jangovar tayyorgarligi bilan tanishdi.

Davlat rahbariga harbiy xizmatchilar uchun barpo etilgan zamonaviy infratuzilma — o‘quv binolari, yotoqxona va oshxona, ma’naviyat xonalari hamda sport majmuasi namoyish etildi. Qism eng so‘nggi texnika va uskunalar bilan jihozlangani ta’kidlandi.

Tashrif chog‘ida zamonaviy qurolli mojarolar tajribasidan kelib chiqib, dronlar va ularga qarshi kurashish tizimlari, sun’iy intellekt asosidagi kibertuzilmalar, robotlashgan texnikalar hamda havo hujumidan mudofaa yo‘nalishlarini kuchaytirish masalalariga alohida urg‘u berildi. Prezidentimiz harbiy texnika va zamonaviy havo hujumidan mudofaa komplekslarini ko‘zdan kechirdi.

Milliy armiyani rivojlantirishda mavjud tahdidlar va harbiy harakatlar xususiyatlarini inobatga olish, qo‘shinlarning shayligini oshirish hamda moddiy-texnik bazani mustahkamlash bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Shunday o‘g‘ling bo‘lsa!

43-Bolqon Matematika Olimpiadasida tarixiy natija qayd etib, oltin medalni...

KORRUPSIYAGA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ❗️ Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi...

Zamonaviy talabga puxta yechim

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida bo‘lib, xalqaro ahamiyatga...

“Jasorat maktabi” — muhim loyiha

Respublika bo‘ylab yoshlarni vatanparvarlik, sadoqat va harbiy intizom ruhida...
KunTun
KunTun