Turizm va meros uyg‘unligi

Date:

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga tashrifining birinchi kunida Termiz shahrida barpo etilgan etnoshaharchani ko‘zdan kechirdi.

10 million dollarlik investitsiya evaziga 6 gektar maydonda bunyod etilgan majmua viloyatning boy tarixi, hunarmandchiligi va an’anaviy san’atini namoyon etuvchi zamonaviy madaniy maskan sifatida tashkil etilgan. Bu yerda tarixiy qiyofadagi binolar, oilaviy mehmon uyi, do‘mbira ustaxonasi, baxshichilik ekspozitsiyasi, milliy taomlar restorani, bolalar maydonchasi hamda musiqiy favvoralar barpo etilgan.

Majmua yiliga 180 ming nafar sayyohga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega bo‘lib, 250 ta doimiy ish o‘rni yaratadi. Tashrif buyuruvchilar hunarmandlar faoliyatini bevosita kuzatish va ularning mahsulotlarini xarid qilish imkoniga ega.

Davlat rahbari hududda yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, hunarmandlar bilan muloqot qildi hamda mehmonlar uchun tayyorlangan badiiy dasturni tomosha qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun