Surxondaryoda 44 ta loyiha boshlandi

Date:

Prezident Shavkat Mirziyoyevning viloyatga tashrifining birinchi kunida Surxondaryo iqtisodiy salohiyatini yanada kengaytirishga qaratilgan yirik loyihalarga start berildi.

Davlat rahbari hududda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasi hamda xorijiy investorlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. So‘nggi yillarda viloyatda tadbirkorlik muhiti sezilarli yaxshilanib, investorlar qiziqishi ortgani qayd etildi. O‘tgan yili yalpi hududiy mahsulot hajmi 63,7 trillion so‘mga yetdi, 2,1 milliard dollar xorijiy investitsiya o‘zlashtirildi va 37 davlatga 483 million dollarlik eksport amalga oshirildi.

Tashrif doirasida umumiy qiymati 7,1 milliard dollarlik 44 ta loyihani ishga tushirish va qurilishini boshlash marosimi o‘tkazildi. Prezident ramziy tugmani bosib, tog‘-kon sanoati, geologiya, yengil sanoat, mebelsozlik, oziq-ovqat, xizmat ko‘rsatish hamda turizm yo‘nalishlaridagi yangi quvvatlarga start berdi.

Xususan, Xitoy, Turkiya, Hindiston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va mahalliy investorlar ishtirokida 741 million dollarlik 13 ta loyiha ishga tushirildi. Shuningdek, Avstriya, Germaniya, Niderlandiya, Xitoy, Hindiston, BAA, Rossiya va Afg‘oniston bilan hamkorlikdagi 6,3 milliard dollarlik 31 ta loyiha qurilishi boshlandi.

Mazkur tashabbuslar natijasida 18 mingta yangi ish o‘rni yaratilishi, yiliga 82 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi hamda 1,4 milliard dollarlik eksport salohiyati shakllanishi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun