Davlat Prezidentining Jarqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurishi jarqo‘rg‘onliklar uchun katta sharaf va unutilmas voqea bo‘ldi. Tashrif davomida tumanimizda barpo etilayotgan yangi maktablar, bog‘chalar, zamonaviy tibbiyot muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari hamda infratuzilma loyihalari bilan tanishildi. Berilgan topshiriq va tavsiyalar Jarqo‘rg‘on taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi.
Eng muhimi, xalq bilan ochiq muloqot qilinib, odamlarning dardu tashvishlari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Bu esa har bir fuqaro qalbida ishonch va faxr tuyg‘usini yanada mustahkamladi. Jarqo‘rg‘onliklar ushbu e’tibordan ruhlanib, yurt ravnaqi yo‘lida yanada fidoyilik bilan mehnat qilishga bel bog‘ladilar.
Muborak Ramazon oyida iftorlik dasturxonlari yoyilib, nurli va fayzli oqshomda el-yurt bir dasturxon atrofida jam bo‘ldi. Oqsoqollar qo‘l ochib, Vatanimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va yurtboshimizga sog‘lik-salomatlik tilab duo qildilar.

