Mezbonlar shohsupasiz qoldi

Date:

Jarqo‘rg‘on tumanidagi Qizilmozor motoso‘qmog‘ida motokross bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Ikki kunlik bahslarda yurtimizning barcha hududlari hamda xorijdan 100 nafardan ortiq sportchi 65, 125, 500, 750 sm3 va CHZ klasslarida g‘oliblik uchun kurashdi.

Umumjamoa hisobida 1-o‘rinni Navoiy viloyati, 2-o‘rinni Sirdaryo viloyati, 3-o‘rinni esa Buxoro viloyati egalladi. Mezbonlar esa bu safar shohsupaga ko‘tarila olmadi.

Alohida yo‘nalishlarda 125 va 500 sm3 klasslarda Zufarbek Bahodirov hamda Jasurbek Samatov, CHZ-350 va faxriylar bahsida Rashid Ibragimov va Andrey Sazonov, 750 sm3 ekipajda V. Lavrov va B. Akimov, yoshlar o‘rtasida esa German Usov hamda Oybek Qobiljonov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

G‘olib va sovrindorlar kubok, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Musobaqa yurtimizda motokross sporti rivojlanib borayotganini ko‘rsatdi, biroq mezbonlar uchun bu bosqich o‘z uyidagi trassada hali ishlash kerakligini eslatib qo‘ygandek bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun