Mehnat ortidan daromad

Date:

Angor tumanining “Chinobod” mahallasida yashovchi Bahodir Xudoynazarov ko‘p yillardan buyon chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullanib kelmoqda. U xonadonida 15 bosh yirik qoramol parvarishlab, go‘sht va sut mahsulotlari yetishtirishni yo‘lga qo‘ygan. Shuningdek, tomorqa yer maydonida turli ko‘kat va sabzavotlar yetishtirilib, bozorga chiqarilmoqda. To‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan oilaviy mehnat va samarali xo‘jalik yuritish natijasida yillik o‘rtacha daromad 450–500 million so‘mni tashkil etmoqda.

— Oila a’zolarimiz bilan birgalikda mehnat qilamiz, oilaviy bandlikni yo‘lga qo‘yganmiz. Kelgusida uy-joyimizni kengaytirish va yangi avtomobillar xarid qilishni rejalashtiryapmiz, — deydi Bahodir Xudoynazarov.

Mazkur xonadon tajribasi tomorqadan unumli foydalanish, halol mehnat va tashabbuskorlik orqali barqaror daromad topish mumkinligini yaqqol ko‘rsatmoqda. Bu kabi ibratli faoliyat mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish va oilaviy bandlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun