Yoshlar ma’naviyatiga sarmoya

Date:

Sariosiyo tumanida “Yosh kitobxon” tanlovining hududiy bosqichida faol qatnashgan 10 nafar yosh kitobxonni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman rahbarlari ishtirok etib, g‘oliblarni qutlab, ularning bilim va kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini e’tirof etdi.

“Kitoblar karvoni” tashabbusi doirasida ushbu yoshlar tahsil olayotgan umumta’lim maktablariga 6 500 nusxadan ortiq badiiy, ilmiy-ommabop va sohaviy kitoblar yetkazib berildi. Bu tashabbus yosh avlodning mutolaa madaniyatini oshirish, fikrlash doirasini kengaytirish va ma’naviy kamolotini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ma’lumot uchun, Prezident tashabbusi bilan har yili o‘tkaziladigan “Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichi g‘olibi avtomobil bilan taqdirlanadi. Bu esa yoshlarni kitobga yanada yaqinlashtiruvchi muhim rag‘batdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun