Elektromobilda 1 million kilometr yo‘l bossa…

Date:

2026-yilgi davlat dasturiga muvofiq, elektromobilda taksichilik faoliyatini olib borayotgan haydovchilar uchun “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni joriy etiladi. Mazkur mukofot ekologik toza transportni targ‘ib etish va yo‘l harakati madaniyatini oshirishga qaratilgan.

Nishonni qo‘lga kiritish uchun haydovchi taksi faoliyatini rasmiy ravishda, o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida amalga oshirishi, elektromobilda 1 million kilometr masofani bosib o‘tgan bo‘lishi, shu davr mobaynida biror marta ham yo‘l harakati qoidalarini buzmagan hamda YTH sodir etmagan bo‘lishi lozim.

Ushbu tashabbus nafaqat atrof-muhitni muhofaza qilishga, balki mas’uliyatli va namunali haydovchilarni rag‘batlantirish orqali xavfsiz hamda barqaror transport tizimini shakllantirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun