Soliq bilimdonlari aniqlandi

Date:

Boysun tumanidagi 2-maktabda “Soliq bilimlari – yosh avlodga” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbir tuman Soliq inspeksiyasi hamkorligida tashkil etilib, o‘quvchilarning soliq madaniyati, davlat byudjeti va jamiyat taraqqiyotiga oid bilimlarini oshirishga xizmat qildi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra birinchi o‘rin sohiblari quyidagicha aniqlandi:

“Eng yaxshi rasm” (5–7-sinflar) — Izzatullayeva Samira (1-maktab);

“Eng yaxshi insho” (8–9-sinflar) — Akbarova Osiyo (1-maktab);

“Eng yaxshi videorolik/reels” (10–11-sinflar) — Xayrullayeva Dilbahor (33-maktab).

Mazkur tanlov yosh avlodda soliq bilimlarini shakllantirish, huquqiy ong va mas’uliyatni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun