Obodlik – hamjihatlikdan boshlanadi

Date:

“Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” shiori ostida Bandixon tumanida ommaviy hasharlar keng quloch yoymoqda. Mazkur ezgu tashabbus doirasida tuman hokimi Abdumalik Allamuradov boshchiligida barcha mahallalarda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari izchil amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, “Birdamlik” mahallasida nuroniylar tomonidan xonadonma-xonadon yurib, aholi o‘rtasida tomorqa madaniyatini shakllantirish, yer maydonlaridan unumli foydalanish hamda bahorgi ekinlarni o‘z vaqtida ekish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari amalga oshirildi.

Hasharlar davomida yo‘llar atrofi va jamoat joylari tozalanib, mahallalar, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari hududlari tartibga keltirilmoqda. Yangi daraxt ko‘chatlari ekilib, mavjud yashil hududlar parvarish qilinmoqda.

Xususan, bugun tumandagi “Birdamlik mahallasi”ning Mardlik ko‘chasida fuqarolar tashabbusi bilan yo‘lning chuqur hosil bo‘lgan qismlarini hashar yo‘li orqali betonlash ishlari olib borilmoqda. Mahalla nuroniylari aholini birlashtirib, hasharchilarni ezgu duolar bilan qo‘llab-quvvatlamoqda.

Hasharchilar uchun milliy qadriyatlarimizga xos tarzda xomiylar tomonidan osh pishirildi. Bunday hamjihatlik va birdamlik yurtdoshlarimizning o‘z mahallasiga, o‘z ko‘chasiga bo‘lgan mehr-muhabbatining yorqin ifodasidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Oltinsoyni yayov kezganda…

Oltinsoy tumanidagi 1-son texnikumida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish,...

Hashar birlikka chorlar

Termiz shahri bo‘ylab barcha mahallalarda umumxalq xayriya hasharlari uyushqoqlik...

Surxondaryoda sport rivojlantiriladi

Surxondaryo viloyat sport boshqarmasi boshlig’i Ravshanbek Maxmudov Fransiyaning “Group...

Hamkorlik yangi bosqichda

Dushanbe shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston va Tojikiston oliy ta’lim muassasalari...
KunTun
KunTun