Suv tejamkorligiga erishilmoqda

Date:

Termiz tumanida qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, yetishtirilayotgan mahsulotlar hosildorligini oshirish hamda suv resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Ayni kunlarda g‘alla maydonlarida agrotexnik tadbirlar reja asosida tashkil etilgan. Jumladan, g‘alla parvarishida muhim bosqich hisoblangan mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish ishlari belgilangan meyor va muddatlarda amalga oshirilmoqda. Bu esa ekinlarning barqaror o‘sishi, kasalliklarga chidamliligi va yuqori hosil olishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Shuningdek, sug‘orish tizimini yaxshilash maqsadida ichki ariq va kollektor-drenaj tarmoqlarini betonlash ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Mazkur chora-tadbirlar suv yo‘qotilishining oldini olish, suvni tejash va uni manzilli yetkazib berish imkonini yaratadi. Natijada fermer va dehqon xo‘jaliklari uchun qulay shart-sharoitlar yaratilib, yerlarning meliorativ holati yaxshilanmoqda. Tumanda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan har bir tadbir yer unumdorligini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholi farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun