Termizning “Botanika” bog‘i bo‘ladi

Date:

Termiz shahrida hududning ekologik barqarorligini mustahkamlash maqsadida “Botanika” bog‘i barpo etilmoqda. Loyihaga muvofiq, mazkur maskan kelgusida nafaqat zamonaviy dam olish hududi, balki turli o‘simlik, daraxt va buta ko‘chatlarini voha iqlim sharoitiga moslashtirish, ularni ko‘paytirish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish markaziga aylantiriladi.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov loyihaning amalga oshirilish jarayoni bilan tanishib, mas’ullarning hisobotlarini tingladi. Qurilish va obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, bog‘ga tutash hududda “Termiz Plaza” mehmonxonasining yangi binosi qurilishi hamda tunu-kun faoliyat yurituvchi turizm ko‘chasini tashkil etish ishlari ko‘zdan kechirildi. Loyihalarni tasdiqlangan meyoriy hujjatlar asosida amalga oshirish, shaharsozlik normalari va arxitektura talablariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi. Keyingi manzilda viloyat rahbari Sulton Saodat majmuasida tarixchi olimlar va ziyolilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida Prezidentimiz qaroriga muvofiq Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini munosib nishonlash, shuningdek, Hukumat majlisida belgilab berilgan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida ijro etish masalalari muhokama qilindi. Olimlar tomonidan ilmiy-amaliy yo‘nalishda qator taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun