Respublika ishchi guruhi Surxondaryoda

Date:

Ayni kunlarda Surxondaryo viloyatida bo‘lib turgan respublika ishchi guruhi kunning ikkinchi yarmida Termiz shahrida joylashgan “Termiz sport olimpiya zaxiralari kolleji” binosida bo‘lib, yoshlarga yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, muassasada faoliyat yuritayotgan to‘garaklar ishini yanada kengaytirish hamda ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Keyingi manzil — Termiz shahridagi “Chegara” mahallasi bo‘ldi. U yerda mahalla yoshlar yetakchisi bilan uchrashib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berildi. Shundan so‘ng, “Makon” sport zalida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda yoshlarning taklif va muammolari tinglanib, sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda yoshlar bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun