Yong‘in xavfsizligini ta’minlang!

Date:

Bugungi Prezidentimiz tomonidan yangi bino inshootlarning qurlish ishlarini olib borishga  juda katta e’tibor qaratilmoqda.  Ko‘p qavatli binolar, aholi turar joylarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilayotganini ko‘rib ko‘zingiz quvonadi. Buni viloyatimiz misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Tanganing ikki tomoni bor deganlaridek, bunday qurilish ishlarida texnika va yo‘ng‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilish molimiz va jonimiz uchun muhim. Ayni jihatlarni inobatga olgan xolda qurilish ishlari olib borilayotgan binolarda quruvchilar, muhandis, ishchi va xizmatchilar bilan birgalikda viloyat FVB xodimlari tomonidan 208 marotaba seminarlar o‘tkazilgan.

Obyektlarni ko‘zdan kechirish jarayonida ularga doimiy ravishda yong‘in xavfsizligi qoidalariga,  qurilayotgan bino va inshootlar ichki hududida yonuvchi modda va materiallarni saqlamasliklari, vaqtinchalik turar joylarida nosoz va qo‘lbola gaz ballonlari va elektr pechlari, nosoz elektr simlaridan foydalanmasliklari, qurilish ishlari olib borilayotgan hudud atrofida ochiq joylar qolmasligi va atrofdagi aholi va yosh bolalar qurilish ishlari olib borilayotgan hududga kirishlari taqiqlanishi borasidagi qoidalar xususida tushuntirish ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, qurilish materiallarini olib kelgan texnikalarini tartib bilan qo‘yilishligi va ishchilarning kirish chiqish joylarini to‘sib qo‘ymasligi har qanday holatda ham erkin harakatlanishni ta’minlashligi haqida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

O‘tgan yil davomida qurilishi tugallanmagan 73 ta obyektda tekshiruvlar o‘tkazilgan. Tekshirish jarayonida 1 989 ta banddan iborat yozma ko‘rsatma berilgan bo‘lib, shuning 1 423 ta bandini bajartirilishiga erishilgan. Tekshiruv aniqlangan kamchiliklar yuzasidan jami 35 013 000 (o‘ttiz besh million o‘n uch ming) so‘m ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilgan. Tekshiruv yakuni bo‘yicha yuqori turuvchi va huquq-tartibot idoralariga va hududiy hokimliklarga 148 marotaba axborotnoma va taqdimnomalar kiritilgan.

Qurilish maskanlari va qurilish vagonlarida yong‘inga qarshi javobgar shaxslar tayinlanib, ishchilar tomonidan yuqorida qayd etilgan yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilsa, qurilish maskanlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarning oldini olgan bo‘lamiz.

B.Fayzullayev,

Surxondaryo viloyati FVB ShSPB inspektori katta leytenant

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Zamonaviy va qulay…

Yosh avlodga zamonaviy ta’lim sharoitlarini yaratish mamlakat ijtimoiy siyosatining...

Cho‘ng‘ara va Tosh-Tobo Qirg‘iziston tarkibiga o‘tkazildi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida davlat chegarasini demarkatsiya qilish jarayoni...

Toqchida tibbiy punkt ish boshladi

Aholiga sifatli va tezkor tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash bugungi...

Hudud yanada ko‘rkam

Jarqo‘rg‘on tumanida temir yo‘l atrofidagi hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish...
KunTun
KunTun