Talabga munosib kadrlar yetishtiriladi

Date:

Yurtimizda professional ta’lim muassasalari faoliyatini zamonaviy talablar asosida modernizatsiya qilish, ish beruvchilar ehtiyojidan kelib chiqqan holda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan samarali tizimlar joriy etilmoqda. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi 2-son texnikumi hamda Termiz tumani texnikumida bo‘lib, belgilangan vazifalar ijrosi bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida texnikumlarning moddiy-texnik bazasi, yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim jarayonlari, o‘quvchilar hamda ishsiz fuqarolarni kasbga o‘qitish ishlari ko‘zdan kechirildi. Texnikum rahbarlari tomonidan mavjud ta’lim yo‘nalishlari, erishilgan natijalar hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.

Shuningdek, Termiz tumani texnikumini zamonaviy talablar asosida rekonstruksiya qilish va uni viloyat ilg‘or mahorat texnikumiga aylantirish bo‘yicha loyiha takliflari muhokama qilindi.

Yakunda soha uchun mas’ul rahbarlar, hududiy mutasaddilar hamda texnikum rahbarlariga ta’lim va kasbga o‘qitish jarayonlarini sifatli tashkil etish, ish beruvchilar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun