Tajribasi ommalashadi

Date:

Termiz shahrida ta’lim sifati va yoshlar kelajagi masalalari doimiy e’tibor markazida. Termiz shahar hokimi boshchiligida shahardagi barcha umumta’lim maktablari direktorlari ishtirokida kengaytirilgan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda maktab o‘quvchilarining ta’lim sifati, davomat ko‘rsatkichlari, fanlarni o‘zlashtirish darajasi hamda o‘quv jarayonida uchrayotgan muammolar tanqidiy-tahliliy ruhda atroflicha ko‘rib chiqildi. Har bir maktab kesimida natijalar muhokama qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, nazorat tizimini kuchaytirish hamda o‘quvchilarning bilim olishiga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish, o‘qituvchilarning mas’uliyatini oshirish, o‘quvchilar bilan individual ishlashni kuchaytirish masalalariga alohida urg‘u berildi. Yoshlarning darslarga qiziqishini oshirish, iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan manzilli ishlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Muhokamalardan so‘ng, shahar hokimi va ta’lim sohasi mutasaddilari Termiz shahridagi Prezident maktabiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida ushbu ta’lim muassasasida yaratilgan zamonaviy sharoitlar, ilg‘or o‘qitish metodikalari va o‘quv jarayonini tashkil etish tajribasi bilan yaqindan tanishildi. Maktab rahbariyati bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ilg‘or tajribalarni boshqa maktablar faoliyatiga tatbiq etish yuzasidan fikr almashildi.

Direktorlar va mas’ullar tomonidan o‘quvchilar uchun yanada qulay, xavfsiz va zamonaviy ta’lim muhitini yaratish, ta’lim sifatini oshirish va natijadorlikka erishish borasida taklif va mulohazalar bildirildi.

Ta’limga qaratilayotgan bunday e’tibor – kelajak poydevoriga qo‘yilayotgan mustahkam asosdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Majburiy ijro byurosi: 9 oyda 5,4 trillion so‘m mablag‘ undirildi

Bugun Termiz shahridagi Matbuot uyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi...

Murojaatlardan aniq vazifalargacha

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanidagi At-Termiziy mahallasida...

Elektr ta’minotini kuchaytirish uchun 15 milliard so‘m yo‘naltirildi

Muzrabot tumanida aholi xonadonlari va tadbirkorlik subyektlarini barqaror elektr...

Xotin-qizlar bandligi: tashabbus va amaliy natija

Qumqo‘rg‘on tumanida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va oilaviy...
KunTun
KunTun