Tizim raqamlashtiriladi

Date:

2025-yil 30-sentyabrda Hukumatning tegishli qarori bilan oliy va kasbiy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining amaliyot o‘tashi va ularni ishga joylashtirish tizimini raqamlashtirish tartibi belgilandi.

Endilikda:

Ta’lim muassasalari har yili 1-oktabrgacha “Yagona milliy mehnat tizimi” (IDAK) platformasi orqali bitiruvchilar amaliyot o‘tashi uchun korxonalarga so‘rov yuboradi;

Amaliyot bo‘yicha shartnomalar boshlanishidan kamida 3 hafta oldin platformada rasmiylashtiriladi;

Bitiruvchilar haqidagi ma’lumotlar davlat attestatsiyasi yakuniga ko‘ra platformaga kiritiladi;

Korxonalar esa har oyning 25-sanasigacha vakant lavozimlar va zarur kadrlar haqidagi ma’lumotlarni tizimga joylab boradi.

Yangi tartib natijasida bitiruvchilar amaliyot o‘tashi va ishga joylashishi jarayonlari aniq va shaffof bo‘ladi. Ishga qabul qilingan bitiruvchilar mehnat shartnomasi ro‘yxatdan o‘tkazilgach, platformada avtomatik tarzda “bandligi ta’minlangan” sifatida qayd etiladi.

Bu qaror yoshlarning mehnat bozoriga integratsiyasini osonlashtirish, korxonalar uchun zarur kadrlarni tezroq topish va ta’lim muassasalari bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun