“TalabaExpo-2025” start oldi

Date:

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida yoshlar hayotida katta ahamiyatga ega voqea bo‘lib o‘tdi — “TalabaExpo-2025” kasb ko‘rgazmasi o‘z faoliyatini boshladi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari, yirik kompaniyalar rahbarlari hamda tajribali mutaxassislar ishtirok etib, talabalarga kasbiy yo‘nalish borasida qimmatli maslahatlar berishdi va motivatsion nutqlari bilan ilhomlantirishdi.

Ko‘rgazmada vohaning barcha oliy ta’lim muassasalari talabalarining faol ishtiroki kuzatildi. Xususan, Termiz davlat pedagogika instituti talabalari o‘z innovatsion startap loyihalari bilan ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

“TalabaExpo-2025” nafaqat kasbiy imkoniyatlar maydoni, balki yoshlarning orzulari va intilishlarini amalga oshirish sari dadil qadam bo‘lib xizmat qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun