Aliment oʻrniga “Malibu”

Date:

Jamiyatda oilaviy barqarorlik va farzandlar ta’minoti — eng muhim ijtimoiy masalalardan biridir. Ayniqsa, ota-onalar ajrashgan holatlarda bolalarning moddiy ta’minoti uchun to‘lanadigan aliment nafaqat qonuniy, balki axloqiy mas’uliyat sifatida ham qaraladi. Shunday ijobiy misollardan biri yaqinda Surxondaryo viloyatida kuzatildi.

Majburiy ijro byurosining Sho‘rchi tumani bo‘limi tomonidan olib borilgan ishlar natijasida, fuqarolik ishlari bo‘yicha Denov tumanlararo sudining 2016-yil 17-avgustdagi qaroriga muvofiq, V.A. ismli ota voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun aliment to‘lab kelayotgani ma’lum bo‘ldi. Qizig‘i shundaki, u qarzdor bo‘lmagan bo‘lsa-da, aliment to‘lovlarini oldindan va to‘liq ta’minlash maqsadida farzandining onasi — undiruvchi S.Q. bilan kelishuvga erishdi.

Natijada ota V.A. kelgusida farzandi voyaga yetguniga qadar to‘lanadigan aliment o‘rniga o‘ziga tegishli bo‘lgan “Malibu” rusumli avtomobilini topshirishni taklif etdi va bu taklif onaning roziligi bilan amalga oshiriladigan bo‘ldi. Ayni paytda avtomobilni rasmiy ravishda topshirish jarayonlari boshlab yuborilgan.

Bu holat aliment to‘lovlari faqat majburan emas, mas’uliyatli va ongli yondashuv orqali ham amalga oshirilishi mumkinligini ko‘rsatadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryo rivojida ilmiy yondashuv va samarali boshqaruvga e’tibor kuchaytiriladi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib...

Har bir tomchi suv — hosil va samaradorlik garovi

Muzrabot tumanida qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va...

Bayramga munosib tuhfa

Jarqo‘rg‘on tumanidagi Navro‘z mahallasida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari keng...

Tantanalar etadi davom

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Uzun...
KunTun
KunTun