Ustozlar sharaflandi

Date:

1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Termiz davlat universiteti jamoasi uchun unutilmas bayram tadbiri tashkil etildi. Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan shahrimiz markazidagi “Serenada” tantanalar saroyi ko‘tarinki ruh, iliq tabassumlar va chin yurakdan yangragan minnatdorchilik so‘zlariga to‘ldi.

Tadbirda TerDU rektori A. Toshqulov ishtirok etib, ustozlarni samimiy tabrikladi. U ta’lim-tarbiya yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan muallimlarning mashaqqatli mehnati va jamiyatdagi beqiyos o‘rnini alohida e’tirof etdi.

Bayram dasturining eng e’tiborga molik jihati shundaki, sahnadagi barcha badiiy chiqishlar universitetning iste’dodli talabalari va ijodiy jamoalari tomonidan taqdim etildi. Ayniqsa, Olim aka taxallusi bilan tanilgan o‘qituvchi va “Jayhun” folklor-etnografik jamoasining milliy ruhdagi chiqishlari tadbirga alohida fayz bag‘ishladi.

Tadbir yakunida esa barcha ishtirokchilarga bayram sovg‘alari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehr va mehnat uyg‘unlashgan maskan

Nogironligi bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mustaqil hayotga tayyorlanishi va...

Mehrimohdan ishonchli g‘alaba

Yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash va sportga keng jalb etish o‘z...

Ilmiy meros yana boyidi

Ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish va keng jamoatchilikka yetkazish...

Muhofazasi kuchaytirilmoqda

Tabiatni asrash va biologik xilma-xillikni saqlab qolish bugungi kunning...
KunTun
KunTun