“Qizlar ovozi” – yangi g‘oya, yangi mas’uliyat

Date:

So‘nggi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeyini oshirish, ularni ijtimoiy-siyosiy hayotga faol jalb etish borasida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlarning diqqat markazida, ayniqsa, 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan qizlarning ijtimoiy faolligini kuchaytirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalasi turibdi.

Shu yo‘nalishda Boysunda o‘ziga xos tashabbus – “Qizlar ovozi” klubi tashkil etildi. Klubning asosiy maqsadi – faol, tashabbuskor, jamiyat hayotiga befarq bo‘lmagan qizlarni birlashtirish, ularning fikrlarini eshitish va amaliy qo‘llab-quvvatlashdir. Bu nafaqat yoshlarning shaxsiy rivojlanishi, balki tumandagi ijtimoiy hayotning jonlanishiga ham xizmat qiladi.

Tadbir davomida qizlar orasidan 5 yo‘nalishda koordinatorlar saralab olindi. Bu, o‘z navbatida, turli qiziqish va yo‘nalishga ega yoshlarning imkoniyatini kengaytiradi, ularni yetakchilikka o‘rgatadi. “Qizlar ovozi” klubi endi nafaqat bir guruh yoshlarning yig‘ini, balki fikr va tashabbus maydoniga aylanmoqda.

Uchrashuvda Oila va xotin-qizlar bo‘limi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Axborot-kutubxona markazi vakillarining ishtiroki qizlar uchun yangi imkoniyat eshiklarini ochdi. Chunki ular faqatgina maslahatchi emas, balki hamkor sifatida qizlarning tashabbuslarini hayotga tatbiq etishda ko‘makchi bo‘lishlarini bildirishdi.

Tadbir yakunida saralangan faol qizlarga ramziy tarzda “Ishonch yorlig‘i” topshirildi. Bu yorliq nafaqat hujjat yoki guvohnoma, balki jamiyatning ularga bildirgan ishonchi, ertangi kunda ulardan kutayotgan tashabbusi ramzi sifatida qabul qilindi.

“Qizlar ovozi” klubi – Boysundagi qizlarning o‘z ovozini eshittirish, tashabbuslari orqali jamiyat hayotiga hissa qo‘shish, o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etishlari uchun ochiq minbar bo‘lib xizmat qiladi. Eng asosiysi, bu maydon qizlarni kelajakda jamiyatning faol yetakchisiga aylantirish sari yetaklaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

YANGI DAVR — STRATEGIK SHERIKLIK SARI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil noyabr oyi boshida Amerika...

Prezident tashabbusini YUNESKO qo‘llab-quvvatladi

Xalqaro ekspertlarning e’tirof etishicha, YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasini 2025-yilda...

Ko‘rinmas xavf

Ob-havoning sovishi bilan uylarda isitish tizimlaridan, gaz plitalari va...

Chalasavodlar haydovchi bo‘la olmaydi

Surxondaryo viloyatida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, haydovchilik guvohnomasi olish...
KunTun
KunTun