Talabalar uchun yangi imkoniyat

Date:

Termiz davlat universiteti kampusida mukammal ta’mirdan chiqqan yirik oshxona o‘z faoliyatini tantanali tarzda qayta boshladi. Endilikda nafaqat talabalar, balki professor-o‘qituvchilar, oshpazlar va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar ham zamonaviy sharoitdan foydalanish imkoniga ega bo‘ldi.

Ta’mirlash ishlari yozgi ta’til davrida boshlangan bo‘lib, oshxona sanitariya-gigiyena talablariga to‘liq moslashtirildi. Xavfsizlik va fuqaro muhofazasi meyorlari qayta ko‘rib chiqildi, oshpaz va xodimlar uchun alohida qulayliklar yaratildi. Shu bilan birga, energiya tejamkor va samaradorligi yuqori bo‘lgan maishiy texnikalar o‘rnatilishi tufayli endilikda 10 dan ortiq milliy va zamonaviy taomlar sifatli hamda maqbul narxlarda taqdim etiladi.

An’anaga ko‘ra, oshxona qayta ish boshlashi munosabati bilan ehson oshi tarqatildi. Bu esa xalqimizning qadimiy saxovat va baraka an’analarining davomidir.

Zamonaviy kampus oshxonasi nafaqat talabalar uchun to‘yimli ovqatlanish manbai, balki sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda ham muhim o‘rin tutadi. Zero, sifatli ovqatlanish yoshlarda bilim olish samaradorligini oshiradi, ularning kayfiyatiga va salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday sharoitlarning yaratilishi davlatimiz ta’lim muassasalarida yoshlar uchun qulay muhit yaratish, ularning sog‘lom va baxtli avlod sifatida kamol topishlari yo‘lidagi ezgu sa’y-harakatlarning yorqin namunasidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Asadbek boʻsh kelmadi

Toshkent shahrida dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan xalqaro turnirda Termiz davlat...

TerDUda amerikalik mutaxassis ish boshladi

AQSh Elchixonasi huzuridagi Mintaqaviy ingliz tili bo‘limi (RELO) vakillari...

Sinovlar boshlandi

Termiz davlat universitetida 2026/2027-oʻquv yili uchun bakalavriat va magistratura...

Qumqo‘rg‘onda yangi mini-stadion ochildi

Qumqo‘rg‘on tumanining Bobolochin mahallasida yoshlar va aholi uchun mo‘ljallangan...
KunTun
KunTun