Qaynonam — onam, kelinim — bolam

Date:

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan o‘tkazilgan samimiy uchrashuvda bir guruh oilali talabalar o‘z qaynonalari bilan birgalikda ishtirok etdi.

Tadbir davomida xotin-qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar, oilaviy munosabatlarda qaynona-kelinning o‘rni, oilaviy ajrimlarning sabablari va ularning oldini olish yo‘llari, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Ishtirokchilar uchun mavzuga oid videoroliklar namoyish etildi, qaynona va kelinlarning hayotiy e’tiroflari tinglandi. Bu esa suhbatga yanada samimiyat bag‘ishlab, yoshlarning hayotiy tajriba orttirishiga xizmat qildi. Yakunda qaynonalarga universitet rahbariyati tomonidan Tashakkurnomalar topshirildi.

Mazkur uchrashuvning asosiy ahamiyati shundaki, u faqat bir oliygoh doirasida emas, balki butun jamiyatimizda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, sog‘lom muhitni shakllantirish, kelajak avlodni barqaror va mehr-oqibatli oilalarda voyaga yetkazish g‘oyalariga xizmat qiladi.

O‘zaro muloqot va tajriba almashish orqali yosh kelinlar hayotiy saboq olishsa, qaynonalar esa yoshlarga ko‘makchi bo‘lishning yangi yondashuvlarini anglab yetdilar. Bu kabi uchrashuvlar – mustahkam oila, baxtli jamiyat va barkamol avlod barpo etishda muhim qadamdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun