Salomatlik garovi

Date:

Sog‘lom turmush tarzi uchun aslida ko‘p narsa kerak emas. asosiysi me’yor. Ovqatlanishda ham, jismoniy harakatlarda ham ana shu me’yorga amal qilinsa, foydasini o‘zingizda seza boshlaysiz. Nafas olishda, organizmda yengillik his etasiz. Ortiqcha vazn muammosi esa sizni hech qachon bezovta qilmaydi.

Erta tongdan Termiz shahridagi Surxon sport majmuasi shahardagi korxona va tashkilotlar rahbar-xodimlari bilan gavjum bo‘ldi. Sababi sog‘lom turmush tarziga amal qiladigan vohadoshlarimiz uchun sport murabbiylari tomonidan ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari bajartirildi.

Mashg‘ulotlar piyoda yurish marafoniga ulanib, voha ahli bilan boshlangan piyoda yurish tonggi salqin shabada ostidagi ajoyib sayr bo‘ldi desa ham bo‘ladi.

— Bugungi badantarbiya mashg‘ulotlaridan keyin o‘zimni yengil his qila boshladim, — deydi Matluba Choriyeva. — Boshqa kunlari bu paytda uyquda bo‘lishimni hisobga olsam, o‘zim uchun juda ko‘p narsalarni boy berar ekanman. Mashg‘ulotlardan keyin o‘z oldimga maqsad qo‘ydim. Ertalabki badantarbiya mashqlarini odatga aylantiraman va oilam, farzandlarim bilan birgalikda shug‘ullanaman.

Bir so‘z bilan aytganda, salomatlik odamning ruhiy sokinligi va tashqi muhitning zararli ta’sirlariga qarshi tura olish qobiliyatidir. Chiniqish esa organizmni suv, quyosh va havo ta’sirida sekin-asta moslashtira borish mexanizmi sanaladi. Sog‘lom turmush kechirish uchun, albatta, organizmni turli tabiiy muhit sharoitlarida chiniqtirish lozim. Buni, ayniqsa, odatga aylantirish sog‘lik va uzoq umr ko‘rish garovidir.

Sayyora ALLAYEVA

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun