3-o‘rindagi “Qalqon”

Date:

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Xalq ta’lim vazirligi va bir qator hamkor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Yosh qutqaruvchi” sport musobaqasining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqaning viloyat bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan Denov tumanidagi 81-sonli umumta’lim maktabining “Qalqon” jamoasi musobaqaning respublika bosqichida ham faol ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni egalladi. Shuningdek, mazkur musobaqada O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Surxondaryo akademik litseyining “Lochin” jamoasi ham faol ishtirok etib, nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.
Yosh qutqaruvchilarimizni Termiz temir yo‘l vokzalida tantanali kutib olish va taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi. O‘tkazilgan tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari A.Abdurahmonov, viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i N.Qodirov hamda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Z.O‘tayevlar ishtirok etdi.

N.Islamov,
viloyat Hayot faoliyati xavsizligi o‘quv markazi boshlig‘i, kapitan

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...

Valyuta xatarlari nazoratga olinadi

O‘zbekistonda valyuta kursi va foiz stavkalari o‘zgarishidan kelib chiqadigan...

Jarqo‘rg‘onda fandomat ishga tushdi

Jarqo‘rg‘onda chiqindilarni qayta ishlashga yo‘naltirish va aholining ekologik faolligini...

Velosipeddagi ish kuni

Surxondaryoda rahbarlarning ishga kelib-ketishda velosipeddan foydalanishi orqali sog‘lom turmush...
KunTun
KunTun