Satirachilar vohada mehmon

Date:

San’at insonning kayfiyatini ko‘taradi, quvonch ulashish barobarida ma’naviy ozuqa ham beradi. Shuningdek, san’atkorlarning mahorati ila qalamga olingan ijod mahsullari ba’zi hollarda kishilarni maishiy muammolardan chalg’ishida, maroqli dam olishida ham bevosita sababchi bo‘lishi mumkin.

Har birimiz qaysidir san’at turidan baxramand bo‘lishga intilamiz. Kimdir musiqa tinglab dam olsa, yana kimdir teatr tomoshalariga oshno tutinadi. Teatr esa tarbiyaviy ahamiyati bilan ko‘plarga o‘rnak bo‘la oladi.

O‘zbekiston Davlat Satira teatri bugungi kunda viloyatimizda o‘zining teatr tomosha dasturlarini xalqimizga namoyish etib kelmoqda.

Xususan ushbu san’atkorlar Bandixon tumanida ham bo‘lishib, ehtiyojmand oilalar, ayollar va “Yoshlar daftari”da turuvchi fuqarolar hamda tumandagi yoshlar uchun O‘zbekiston Davlat Satira teatri o‘zlarining tomosha dasturlarini namoyish etishdi.

Tuman madaniyat markazida bo‘lib o‘tgan ushbu teatr tomosha dasturiga 350 dan ortiq fuqarolar qamrab olindi. Bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tuman bo‘ylab davom etmoqda.

E’zoza

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun