Hunari bor xor bo‘lmas, deganlaridek hunar kishiga rizq beradi, elga tanitadi, balki mo‘maygina daromad ham olib keladi. Azaldan Surxon diyori bag‘rida ko‘plab hunarmandlarni yetishtirib kelayotir. Ota-bobolari hunarini davom ettirib, xalq xizmatiga hunarini kamarbasta etayotganlar ham oramizda talaygina.
O‘z navbatida hunarmandlarni elga tanitish, ulani har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Prezident farmoni bilan 2-yilda bir marta oʻtkaziladigan “Xalqaro zardoʻzlik, zargarlik va kashtachilik sanʼati” festivali bu yil birinchi marta Buxoro viloyatida oʻtkazildi.
Unda Butunjahon hunarmandlar kengashi prezidenti Saad-al-Kaddumi ishtirok etdi. Festivalda 58 ta davlatdan 221 nafar xorijlik va 288 nafar mahalliy hunarmand ijodiy ishlari bilan qatnashdi.
Ushbu ishtirokchilar orasidan vohadoshimiz hunarmand-zargar Abdulatif Majidov faxrli birinchi oʻrinni egallab, “Eng yaxshi zargar” maqomini qoʻlga kiritdi. Gʻolibga maxsus diplom hamda 1300 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti topshirildi.
Yana bir vohadoshimiz, kashtachi-hunarmand Muhayyo Ulasheva festivalning “Eng yosh kashtachisi” naminatsiyasi gʻolibi deb topildi. Unga ham maxsus diplom va 1200 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti berildi.
Mazkur festivalni oʻtkazishdan maqsad koʻp qirrali oʻzbek milliy hunarmandchiligini yanada kengroq namoyish qilish, uning noyob namunalarini targʻib etish, ushbu yoʻnalishda turli xalqlar oʻrtasida tajriba almashish, doʻstlik va hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishdan iborat.
Vohamiz dunyo hunarmandlarini o‘z iste’dodiyu ijodi bilan lol qoldirgani qo‘li gul usta-hunarmandlar oni kundan kun orta borayotganidan, qadim yurtda hunarmandlar yuksalayotganidan darak aslida.
Haqiqatdan ham bugun hunar o‘rganaman, qo‘limdan bir ish kelsin, qabilida ish boshlash istagidagi fuqarolar uchun juda keng imkoniyatlar eshgi ochilgan.
Haqgo‘y