Qalbaki mahsulot sotuviga nuqta qo‘yildi

Date:

Mehnat qilib topilgani totli va barakali bo‘ladi. Ammo, oson yo‘llar bilan boyishni, kimlarningdir soyasidan salqinlashni istaydiganlar ham topilishi ayanchli. Negaki, ular bu bilan o‘zlari va o‘rgalarga-da zarar yetkazishi hech gap emas.
Teleekranlarimizda turli nomdagi biologik faol qo‘shimchalarning reklamasi orqali tanasi ana shu qo‘shimcha sabab darddan forig‘ bo‘lgani haqidagi hikoyalarni ko‘p bor tinglagansiz. Bordi-yu sizni ham qandaydir dard azoblayotgan bo‘lsa, aytilgan manzil va raqamlarga murojaat qilganingiz aniq. Gap ularning sog‘likka foydasi haqida emas, ana shu davo ortidan keladigan daromadda. Yana qandaydir kimsalar esa bilogik faol qo‘shimchani o‘zida sinamaydi, balki bu nomdan foydalanib foyda olmoqchi bo‘ladi. Departamentning Termiz shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.M. xaridorga ana shunday mahsulotlar nusxalarini firibgarlik yo‘li bilan 40 million so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Fuqaroning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, bu yerda yashirin sex tashkil etgani aniqlanib, 152 turdagi har xil yog‘ mahsulotlari, bo‘sh idishlar, yorliqlar ishlab chiqarishda foydalanilgan noutbuk va rangli printer ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. Zora, ayblanuvchiga chiqariladigan tegishli qaror oson yo‘l bilan topiladigan mablag‘lar buyurmasligini tushunib yetishi uchun saboq bo‘lsa…
Qalbaki mahsulot haqiqiysining nomiga putur yetkazishi, ishonchning yo‘qolishiga olib kelishiga shubha yo‘q.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun